Turkiyaning yo‘lovchi samolyoti Eron g‘arbida falokatga uchradi. Bu haqda Eron fuqarolik aviatsiyasi vakiliga iqtibos keltirgan holda ISNA axborot agentligi xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, samolyot BAAning Sharja shahridan Istanbulga uchayotgan bo‘lgan. Falokat Chaxarmaxal va Baxtiyoriya viloyatida yuz bergan. Samolyot yerga urilgach, yonib ketgan.
Voqea joyiga qutqaruvchilar brigadasi yo‘l olgan.
Hozircha boshqa tafsilotlar keltirilmagan.










