Ispaniya ommaviy axborot vositalari 17 avgust kuni Barselonadagi teraktni amalga oshirishda gumon qilinayotgan kishining shaxsini aniqlashdi va uning suratini chop etishdi.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, uning ismi sharifi - Driss Ukabir. U terakt sodir etilgan furgonni ijaraga olgan bo‘lgan.

Politsiya hozircha bu ma'lumotlarni tasdiqlamagan.