O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev norasmiy Maslahat uchrashuvi doirasida Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlari bilan birgalikda Issiqko‘l sohilida yangi besh yulduzli “Boku” mehmonxonasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi.
Yetakchilar zamonaviy mehmonxona majmuasida tashrif buyuruvchilar dam olishi va xalqaro tadbirlarni o‘tkazish uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.
Mehmonxona 17,2 gektar maydonda joylashgan bo‘lib, umumiy maydoni qariyb 30 ming kvadrat metr bo‘lgan 120 dan ortiq xonali yetti qavatli binoni, basseyn, akvapark, sport va ko‘ngilochar infratuzilmani o‘z ichiga oladi.

















