Vatandoshlar endi garovga oluvchining roziligini olishi, so‘ng pasport stoliga borishi va navbat kutishi shart emas. Barcha jarayonlarni uyda o‘tirgan holda, my.gov.uz orqali onlayn bajarish mumkin.
Xizmatdan foydalanish uchun MyGov'ga kirib, quyidagi xizmat nomlaridan biri yoziladi:
- Yashash joyi bo‘yicha (doimiy) ro‘yxatdan o‘tkazish: my.gov.uz/uz/service/363
- Turgan joyi bo‘yicha (vaqtincha) ro‘yxatdan o‘tkazish: my.gov.uz/uz/service/187
Eslatma: Mulkdor, garovga oluvchi yoki taqiq qo‘yish/bekor qilishga mas’ul organning ichki ishlar organlariga murojaati asosida fuqaroning ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bekor qilinishi mumkin.
Ushbu qulaylik O‘zbekiston prezidentining 2026 yil 15 iyuldagi PQ-265-sonli qaroriga muvofiq amaliyotga joriy etildi.











