Yer orbitasiga sun’iy yo‘ldoshni muvaffaqiyatli uchirdik. U NASA va SpaceX kompaniyasining raketa-tashuvchisi yordamida kosmosga chiqarildi. Ushbu loyiha ikki yil davom etgan mehnatning yakuniy natijasi bo‘ldi. Loyiha ustida 10 dan ortiq o‘quvchi 2 guruhda ishladi.
Birinchi guruhga men boshchilik qildim. Biz sun’iy yo‘ldosh orbitasi trayektoriyasi, termik va dinamik yuklamalar bo‘yicha murakkab hisob-kitoblarni amalga oshirdik. Bu jarayon chuqur matematik va fizik tahlillarni, shuningdek, NASAning maxsus laboratoriyalarida - kosmik uchirish va parvoz sharoitlarini sun’iy tarzda yaratadigan muhitda sinovlardan o‘tkazishni o‘z ichiga oldi", - deydi Akbar.