BMT tomonidan qöllab-quvvatlanadigan IPC kuzatuv guruhi ayni paytda Ğazoda minglab bolalar töyib ovqatlanmayotgani, oqibatda kiçik yoşdagi bolalar orasida oçlik bilan boğliq ölim köpayganini bildirdi. «Çegara bilmas şifokorlar» taşkiloti esa «oziq-ovqat maşinalari töla yuk maşinalari Ğazo çegarasida turganida, paraşyutdan arzimagan yordam taşlaş bu – mazax qilişdir», deya Isroilni tanqid qildi.

«Ğazoda yuz berayotgan insonparvarlik fojiasini havodan taşlangan yordam yuklari bilan töxtatib bölmaydi. Ğazo sektorida eng yomon holat oçarçilik ssenariysi – hozirda röy bermoqda», deyiladi BMT bilan hamkorlikda işlovçi Oziq-ovqat xavfsizligi bosqiçlarini integrallaşgan tasnifi (Integrated Food Security Phase Classification) IPCʼning ogohlantiruvçi hisobotida.

Ularning ta’kidlaşiça, «darhol va tösqinliksiz» insonparvarlik yordami Ğazoga kiritilmagunça, oçlik va ölim holatlari keskin ortişda davom etadi. The Guardian naşrining yozişiça, bu bayonot IPC tomonidan Ğazoda oçarçilik rasman e’lon qilinayotganini anglatmaydi, biroq ogohlantiruvda quyidagilar qayd etilgan:

«Töyib ovqat yemaslik, oziqlaniş yetişmovçiligi va kasalliklar keng tarqalmoqda. Bular oçlikdan kelib çiqayotgan ölimlar sonining oşişiga sabab bölmoqda».

Sönggi ma’lumotlarga köra:

  • Ğazoning aksariyat hududlarida oziq-ovqat iste’moli oçarçilik mezonlariga yetgan;
  • Ğazo şahrida esa keskin oziq-ovqat yetişmovçiligi holatlari kuzatilmoqda.

Hisobotda ta’kidlanişiça, 2024 yilning iyul oyi birinçi yarmida bolalar orasida «oziq-ovqat yetişmovçiligining oğir şakli» keskin oşgan. Aprel oyi boşidan iyul oyi örtalarigaça 20 000 dan ortiq bola davolaniş uçun şifoxonalarga yotqizilgan, ulardan 3000 nafardan ortiği – oğir ahvolda.

Foto: CNN