Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy O‘zbekiston hududida data markazlar qurishi mumkin
Xitoyning Shanghai LinkWise Data Intelligence kompaniyasi Buxoro va Surxondaryo viloyatlarida har biri 300 MVt quvvatga ega ikkita data markazni qurishni ko‘rib chiqmoqda.
Xitoyning Shanghai LinkWise Data Intelligence Co kompaniyasi O‘zbekistonda ikkita data markaz qurishni ko‘rib chiqmoqda.

Xitoy kompaniyasi delegatsiyasini energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov qabul qildi. Tomonlar Buxoro viloyatida 300 MVt quvvatga ega ma’lumotlar markazini qurish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha memorandum imzoladi.

Surxondaryo viloyatida ham shunday quvvatga ega yana bir data markaz qurilishi rejalashtirilgan.

Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekiston energetika sohasida Xitoy kompaniyalari tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar, shuningdek, ularning kelgusi istiqbollarini muhokama qildi.
Tomonlar imzolangan memorandum doirasida loyihani amalga oshirish uchun barcha zarur ishlarni tezlashtirishga kelishib oldi.
Mavzuga oid
15:21
Xitoy noyabrda Rossiyadan rekord miqdorda oltin sotib oldi
18:22 / 20.12.2025
Xitoydan olib kelingan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari chegarada ushlab qolinayotganiga izoh berildi
07:52 / 20.12.2025
Pentagonning ichki hujjati: Xitoy AQSh dengiz ustunligiga qanday chaqiriq tashlamoqda?
07:30 / 17.12.2025