24 iyul, payşanba kuni Ozarbayjonning Minval Politika naşri 2024 yil dekabrida AZAL Ozarboyjon aviakompaniyasi öqqa tutilişi vaqtida xizmatda bölgan barça rossiyalik harbiy xizmatçilarning ismlarini aytib ötdi. Naşr bu ma’lumotni qayerdan olganiga aniqlik kiritmadi. Hozirça boşqa manbalar buni tasdiqlamadi.

Minval'ga köra, 51-havo mudofaasi diviziyasi katta navigatori, kapitan Dmitriy Pudovkin, Janubiy harbiy okrug ştabining tezkor navbatçisi, podpolkovnik Vladimir Yanovskiy va 4-havo mudofaa armiyasi qömondonlik punktining tezkor navbatçisi polkovnik Gennadiy Yeremenko raketa uçirilişi vaqtida navbatçi bölgan.

Rossiyaning Astra Telegram kanali sizdirilgan ma’lumotlar bazasiga tayanib, Minval nomini tilga olgan uç nafar rossiyalik ham haqiqatan ham harbiy xizmat bilan boğliqligini xabar qildi.

22 iyul kuni Minval havo nişoniga zarba beriş böyiça töğridan töğri buyruqni 51-havo mudofaasi diviziyasi qömondoni, general-mayor Aleksandr Tolopilo berganini yozgan. Naşrning ta’kidlaşiça, bu haqda podpolkovnik Nikolay Orlyanskiyning içki tekşiruvi vaqtida aytilgan, u Tolopiloning buyruğini olgan va öz navbatida kapitan Pudovkinga nişonni yöq qiliş buyruğini bergan.