Qişloq xöjaligi vazirligi ma’lumotiga köra, loyiha Germaniya Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vazirligi (BMZ) tomonidan moliyalaştirilmoqda va 2028 yilgaça davom etadi. Hamkorlikning asosiy maqsadi — iqlim va tabiiy ofat xavflarini kamaytiriş, transçegaraviy suv resurslarini boşqariş böyiça ilmiy-amaliy salohiyatni oşirişdan iborat.
Zarafşon daryosi havzasida zamonaviy, aqlli tomçilatib suğoriş tizimlari joriy etilib, qişloq xöjaligi modernizatsiya qilinadi. 2025 yilgaça Navoiy viloyatidagi 10 gektar yerda intensiv boğ barpo etilişi va suğoriş tizimi yölga qöyilişi rejalaştirilgan.
Loyiha suv resurslaridan oqilona foydalaniş, qurğoqçil yillarda hosildorlikni saqlab qoliş, ekologik muvozanatni ta’minlaş, agrosanoat samaradorligini oşiriş kabi maqsadlarni öz içiga oladi.
Mutaxassislarning ta’kidlaşiça, mazkur tajriba uzoq muddatda boşqa hududlarga ham namunaviy tarzda tatbiq etiladi.










