Tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni kengaytirish yuzasidan fikr almashib, mavjud salohiyatdan faol foydalanish muhimligini ta’kidladi.
O‘zaro hamkorlikning ikki tomonlama mexanizmlarini, jumladan, O‘zbekiston-Serbiya hukumatlararo komissiyasini tuzish, shuningdek, asosiy yo‘nalishlarda o‘zaro hamkorlikni chuqurlashtirishga doir shartnomaviy-huquqiy bazani shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Muloqot chog‘ida, shuningdek, mehnat migratsiyasi sohasidagi o‘zaro hamkorlik masalalari, jumladan, viza tartib-taomillarini soddalashtirish va tegishli hukumatlararo bitimlarni tuzish istiqbollari ko‘rib chiqildi.











