Italiya boş vaziri Meloni mintaqa liderlari bilan körişib, endi hamkorlik geografik çegaralardan çiqişini aytdi. Qirğizistondagi har öninçi bola sigareta çekadi, vazirlik call-center orqali konsultatsiyalarni yölga qöygan. Qozoğiston Crypto city qurmoqçi. Tojikistonda hosil yaxşi bölganiga qaramay, meva va sabzavotlar qimmatlab ketdi. Duşanbe xalqaro aeroporti endi kuzatuvçilarni içkariga kiritmaydi. «Tolibon» qurdirgan töğon 5 kunga ham yaramadi.

Qirğizistonda elektron sigaretalar butunlay taqiqlandi

Tadqiqotlarga köra, Qirğizistondagi har öninçi bola muntazam çekadi. Bu haqda Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining Qirğizistondagi vakili Liviu Vedrasko brifingda ma’lum qildi.

Uning sözlariga köra, har beşinçi maktab öquvçisi tamaki mahsulotlarini allaqaçon sinab körgan.

«Maktab öquvçilarining 87 foizi dökon va kioskalardan sigaret sotib oladi, 60 foizi esa buni heç qanday tösiqsiz amalga oşiradi. Garçi hamma narsa qonunda belgilab qöyilgan bölsa-da, heç kim ulardan yoşi yoki pasporti haqida söramaydi. Lekin ijobiy tomonlari ham bor: maktab öquvçilarining 77,7 foizi yopiq jamoat joylarida çekişni taqiqlaşni qöllab-quvvatlaydi», - deydi taşkilot vakili.

«Bugungi kunda tamaki mahsulotlari çiroyli, juda yorqin, turli xil ta’mga ega bölib körinadi. Bu yoş avlodni, ayniqsa, bolalar va ösmirlarni öziga jalb qiladi. Soxta xavfsizlik hissi paydo böladi – bu mazali, yoqimli bölib tuyuladi, heç narsa bölmaydi, yötalmaydi. Lekin nikotin giyohvandligi saratonning 20 dan ortiq turlarini keltirib çiqaradi», deya qöşimça qildi soğliqni saqlaş boş taşkiloti vakili.

Uning sözlariga köra, elektron sigaretalar bilan boğliq alohida muammo bor. Sigaretalar narxini oşiriş çekuvçilar sonini kamaytirişga yordam beradi.

Qirğiziston Soğliqni saqlaş vazirligi esa elektron sigaretaning barça iste’molçilariga yordam berişga tayyorligini e’lon qildi. Vazirlik vakili nikotinli suyuqlikli elektron sigaretalarni olib kiriş, muomalaga çiqariş va ulardan foydalanişni taqiqlovçi qabul qilingan qonunni eslatdi.

Hujjat şu yilning 1 iyulidan kuçga kiradi. Vazirlikka köra, bu juda qiyin jarayonga aylanadi. Elektron sigaretalarni olib kiriş, sotişga urinişlar bölişi mumkin. Vazirlik çekişni taşlaş istagida bölganlarga yordam bermoqçi, işonç telefonlari 2103. Telefon qilganlar şaxsiy ma’lumotlari oşkor qilinmaydi. Vazirlik qönğiroq qilganlarning 11 mingi bilan gaplaşib, tahlil ötkazgan. Ularning 29 foizi poytaxt bişkeklik, 42 foizi qişloq hududlaridan. Konsultatsiya sörab murojaat qilganlarning 95 foizi erkaklar ekani ma’lum bölgan. Vazirlikka köra, çekişni taşlaşni istab qönğiroq qilganlarning 30 foizi bugun çekmaydi, bu odatini taşlagan. Eslatib ötamiz, 1 iyuldan e’tiboran elektron sigaretalar taqiqlanar ekan, uni çekkanlar 10 ming qirğiz somi, sotganlar esa 200 ming qirğiz somi jarima tölaydi.

Duşanbe aeroportiga endi yölovçilarning hamrohlari kiritilmaydi

Endi Duşanbe xalqaro aeroportiga yölovçilarning hamrohlari kiritilmaydi. Aeroport ma’muriyati şunga qaror qildi va çeklovlar may oyining özidan boşlangan. Ma’lum bölişiça, yölovçilarning kuzatib boriş va kutib oliş zonasiga köçadan odamlar kiritilmaydi.

Aeroport matbuot xizmatiga köra, çeklovlarning joriy etilişi aviatsiya xavfsizligining xalqaro standartlariga rioya qiliş, tartibni saqlaş, sanitariya-gigiyena talablari va infeksiyalar tarqalişining oldini oliş zarurati bilan boğliq. Mazkur çora terminalda tozalikni ta’minlaşga ham qaratilgan. Qaror istisnosiz hamma uçun amal qiladi.

Kiriş faqat istisno hollarda – nogironlar, kasallar va voyaga yetmagan bolalarning ota-onalari bilan birga bölganlar uçun ruxsat etiladi, deya qöşimça qiladi matbuot xizmati. Hududni obodonlaştiriş doirasida barça taşrif buyuruvçilarning qulayligi va xavfsizligini ta’minlaş maqsadida hamrohlik qiluvçi şaxslar uçun maxsus kutiş joylari taşkil etiş rejalaştirilgani xabar qilindi.

Qozoğiston Crypto city quradi

Qozoğiston innovatsion kripto hududini taşkil qiladi. Bu haqida prezident Töqayev Ostona xalqaro forumida gapirdi. Crypto city innovatsion pilot hududida kriptovalutalar, tovar va xizmatlar sotib oliş mumkin böladi. Prezidentning fikriça, Qozoğiston Yevrosiyoda IT markazi bölişi kerak. Davlat ötgan muddat mobaynida raqamli transformatsiyada sezilarli yutuqlarga erişgan.

«Biz global noaniqlik davrida yaşamoqdamiz. Bu lahzani çorraha, dunyo işlaridagi buriliş nuqtasi deb ataş mumkin. Ammo bunday ta’riflarni tarixçilarga qoldiraylik. Hozir bizning javobimiz qanday bölişi muhimroq. Biz tanlov qilişimiz lozim», deydi Töqayev.

Prezident sun’iy intellekt rivoji haqida ham fikrini aytib ötgan. Sun’iy intellektga alohida e’tibor qaratmoqdamiz. Maqsadimiz — bir qator xorijiy universitetlar filiallari faoliyat yuritadigan, ilmiy-tadqiqot va işlanmalar sohasida hamkorlik yölga qöyilgan akademik va innovatsion markazga aylaniş», dedi Qozoğiston prezidenti.

Töqayevga köra, Markaziy Osiyodagi eng qudratli superkompyuter Qozoğistonga olib kelingan.

«Birinçi navbatdagi vazifa — mintaqaviy nomutanosibliklarni kamaytiriş va örta sinfni mustahkamlaşdir. Aynan şu sababli raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektdan tortib toza energiya va yuqori qöşilgan qiymatli işlab çiqarişlargaça bölgan asosiy sohalarda salohiyatimizni mustahkamlaşda davom etyapmiz», dedi qöşni davlat prezidenti.

Crypto city uçun hali joy tanlanmagan. Aloqau aqlli şahri, Borovoye kurorti yoki Ostonadagi EXPO hududi buning uçun tanlanişi mumkin.

Tojikistonda meva-sabzavotlar qimmatladi

Tojikistonda ham meva va sabzavotlar narxi kötarildi, vaholanki, davlatda bu yil hosil ham köpaygan edi. 2025 yilning 4 oyi davomida meva va sabzavotlar narxi Tojikistonda qariyb 25 foizga qimmatlagan. Ayniqsa, karam, sabzi, kartoşka va piyoz narxlari oldingi yil bilan qiyoslaganda karrasiga oşgan.

Şu bilan birga rasmiy ma’lumotlarga köra, sabzavot yetiştiriş hajmi ham oşgan. Yil boşidan buyon Tojikistonda 146,2 ming tonnadan ortiq sabzavot yetiştirilgan. Kartoşka va piyoz 2024 yilgidan ança köp hosil bergan. Şu yilning 4 oyida mamlakatda mevaning narxi 11.4 foizga qimmatladi. Biroq meva yetiştiriş ham 16,3 foizga ortib, 1122 tonnani taşkil etgan. Sabzavot va meva narxining oşişi boşqa mahsulotlar narxiga ham ta’sir körsatadi. Masalan, yoğ turlari, göşt mahsulotlari, alkogolsiz içimliklar narx-navosi kamida 1 foizdan qimmatlagan.

Biroq un, tovuq göşti, guruç va şakar arzonlagan.

Ekspertlar Markaziy Osiyo kelajagidan xavotirda

Markaziy Osiyoning 5 davlatidan bilim odamlari, ekspertlar Toşkentda yiğilib, mintaqa kelajagini muhokama qildi. Tadbir taşkilotçisi – Özbekistondagi asosiy davlat aql markazlari. Yiğilgan taşabbuslar şu yili kuzda Özbekistonda ötadigan Maslahat uçraşuvida Markaziy Osiyo prezidentlari stoliga qöyilişi kerak. Biroq ekspertlar kelajakka köproq xavotir bilan qaramoqda.

Eng katta masala – integratsiyaga beş davlatning qaraşi. Taşkilotçilarga köra, Turkmanistondan eng köp, ya’ni 6 kişi kelgan. Bu bilan hamma birlaşişga ijobiy qaraşi isbotini topadi, deydi tahlilçilar.

Xavotirlar – energetika, ekologiya, narx-navolarning oşişi va suv-resurslari bilan köproq boğliq. Sovetlardan qolib ketgan infratuzilmada yaşayapmiz, u ham eskirib ketdi, deydi qozoğistonlik iqtisodçi Rahim Uşakboyev.

Tojikistonlik Saodat Jöraxonzoda esa suv allaqaçon qimmatli manbaga aylanganini gapirdi.

Jöraxonzodaga köra, Tojikistondagi muzliklarning erişi tezlaşuvi faqat tojiklarning emas, balki butun mintaqa muammosi bölişi kerak. Roğun GESi MO yulduzi, deydi Jöraxonzoda.

Markaziy Osiyo–Italiya sammiti ötkazildi

Rim papasi vafoti munosabati bilan Markaziy Osiyoga safarini qoldirgan Jorja Meloni vanihoyat ötgan hafta bu taşrifini amalga oşirdi hamda Markaziy Osiyo–Italiya sammitida ham qatnaşdi. Dastavval, u Özbekistonga keldi. Prezident Mirziyoyev uni Samarqandda qarşi oldi, Töqayev esa Ostonada. Sammit uçun Ostona tanlangandi, regionga rahbar prezidentlar Ostonaga borib, sammitda qatnaşdi. Sözga çeçan siyosatçi Meloni endi aloqalar sifat jihatidan yaxşiroq davom etişidan umidvor.

Sammitni joyidan yoritgan “Kazinform” naşriga köra, Meloni mintaqaga ta’rif berarkan, endi Yevropa bilan boşqaça aloqalar istalsa, geografik çegaralardan çiqib ketib, yangi yöl tanlaşimiz kerak degan. Italiya boş vaziri Markaziy Osiyo bilan hamkorlikning birinçi yönalişi energetikada bölişini aytgan. Italiya Markaziy Osiyo davlatlariga sarmoya kiritayotgan Yevroittifoqning birinçi davlatidir, deydi Meloni. U atrof-muhit va ekologiya muammolarini alohida eslatib, Iqlim jamğarmasining birgalikdagi loyihalarini kuçaytiriş kerakligini gapirgan. Markaziy Osiyo–Italiya sammiti bilan birga Ostonada xalqaro forum ham bir vaqtda ötkazildi. Asosiy sammitdan avval meloni va Töqayev şu forumda çiqiş qildi. Forum sessiyalarida qatnaşganlar içida taniqli yevropalik siyosatçilar ham bor. 2014-2019 yillarda Yevropa Ittifoqining taşqi siyosat va xavfsizlik masalalari böyiça oliy vakili, sobiq Italiya taşqi işlar vaziri Federiko Mogereniga köra, Italiyaning Markaziy Osiyoga qaraşlari Yevroittifoqnikidan farq qilmaydi.

Italiya va Yevroittifoqning bu mintaqadagi kun tartibi bir xil. Savdo, energetika, investitsiyalardan taşqari geosiyosiy kontekstdan kelib çiqib, biz mintaqa bilan strategik hamkor bölişimiz kerak edi. Markaziy Osiyo atrofidagi turli gigant öyinçilardan faqat biri bilan işlaşni tanlay olmaydi, bunday qilişmasin ham. Lekin mintaqa balansni uşlaşi lozim. Hozir bu davlatlarning Yevropaga munosabati şundayki, ular çindanam yaqinlaşişni xohlayapti, biz bir-birimizni tuşunyapmiz. Italiya faqat savdo, madaniyat yoki boşqa kompleks aloqalar, balki geosiyosiy holatdan kelib çiqib, region hamkorlarni diversifikatsiya qilişi tarafdori. Bunda ham ittifoq, ham mintaqa manfaatlari tarozida teng turadi.

«Tolibon» qurdirgan töğon beş kunga ham yaramadi

Afğonistonning Xost viloyatida yangi qurilgan suv töğoni işga tuşirilişidan beş kun ötib qulab tuşdi.

Kiçik suv töğoni oqim tufayli qulab tuşgani aytilmoqda. Suv inşooti Xost viloyatining Garbaz tumanida joylaşgan. U beş kun avval «Tolibon» suv va energetika vaziri Abdullatif Mansur tomonidan oçilgandi.

Mahalliy aholi töğonga hattoki 5 million afğoni (71 ming dollar) ham sarflanmaganini aytmoqda. «Tolibon» tomonidan amalga oşirilayotgan loyihalarning monitoringi yöq. 2024 yil «Tolibon» qurğoqçilikning oldini oliş maqsadida yerosti suvlarini mustahkamlaş uçun 100 ga yaqin kiçik suv töğonlari qurilişini aytgandi. Öşanda Abdullatif Mansur uşbu loyihalarning qurilişi bilan suv tanqisligi ham bartaraf etilişini ta’kidlagandi.

2024 yilning yanvar oyida Xost viloyatida töğon qurilişi paytida kamida 100 kişining suyak qoldiqlari topilgandi. Rasmiylarga köra, bu joyda dafn etilgan odamlar 1979 yilda öldirilgan, keyin esa ommaviy qabrga kömilgan. Fransiya axborot agentligi «Tolibon» rasmiylariga tayanib ommaviy qabr «Afğonistonda sovet ittifoqi tomonidan qöllab-quvvatlangan hukumat davriga tegişli» ekanini xabar qilgandi.