1 iyunga ötar keçasi Kursk oblastida temiryöl köprigi qulab tuşdi, deb xabar berdi region gubernatori vazifasini bajaruvçi Aleksandr Xinşteyn.
Favqulodda holat Jyeleznogorskiy rayoni hududida, Trosna-Kalinovka trassasining 48-kilometrida röy bergan. Mulozimning sözlariga köra, köprik yuk lokomotiv harakati vaqtida qulagan, poyezdning bir qismi köprik ostidagi avtomobil yöliga tuşgan.
Natijada teplovoz yonib ketgan, yonğin tezda bartaraf etilgan.
Teplovoz maşinistlari brigadasi şifoxonaga yetkazilgan. Ulardan birining oyoği şikastlangan.
Köprik ostidan ötgan avtomobil yölida transport harakati töxtatilgan.
Köprik qulaşi sabablari örganilmoqda, deya qöşimça qilgan Xinşteyn.


31 may kuni keçqurun qöşni Bryansk oblastining Vigoniçskiy rayonida avtomobil köprigi quladi, bu vaqtda uning ostidan «Klimov — Moskva» yölovçi poyezdi ötayotgandi. Hodisa vaqtida köprikdan yuk maşinasi harakatlangan. Natijada lokomotiv va tört vagon relsdan çiqib ketgan. Yetti kişi halok bölib, yana 66 kişi jabrlangan. Jarohatlanganlardan 47 nafari şifoxonaga yotqizilgan, ulardan uç nafari, jumladan, bir bola oğir ahvolda qolmoqda.









