2025 yil 20 iyuldan boşlab Özbekistonda jismoniy şaxslar tomonidan şaxsiy ehtiyoj uçun biologik faol qöşimçalarni (BAD) bojsiz olib kiriş qoidalari joriy etiladi. Bu Vazirlar Mahkamasi qarorida nazarda tutilgan.

Hujjatga köra, jismoniy şaxslar oziq-ovqat qöşimçalarini quyidagi miqdorda bojxona tölovlarisiz olib kirişi mumkin böladi (şu paytgaça heç qanday çeklovlar yöq edi):

- suyuq holatda va sirop şaklida — 10 donagaça flakonda;

- kukun holatida — 0,5 kilogrammgaça;

- tabletka — 100 donagaça;

- kapsula — 100 donagaça yoki 4 donagaça PeT idişlarda;

- quritilgan holatda (ösimlik guli, tana qismi va ildizi) — 0,5 kilogrammgaça.

Bundan taşqari, ba’zi tovarlarni bojsiz olib kiriş qoidalari ham özgartirildi.

Xususan, spirtli içimliklar uçun miqdor bir xil — 2 litrgaça bölib qoladi. Tamaki mahsulotlari uçun umumiy çegara 10 ta paket örniga quyidagi aniq normalar joriy etiladi:

- sigaretalar — 200 donagaça;

- sigaralar — 5 donagaça;

- tamaki — 100 grammgaça.

Atir va ifor tarqatuvçi suvlar esa endi har biri 300 ml gaça bölgan 3 dona idişni olib kirişga ruxsat beriladi (ilgari hajmini körsatmasdan 3 donagaça edi).

Bundan taşqari, 21 yoşgaça bölgan şaxslar uçun alkogol va tamaki mahsulotlarini, şuningdek, xalqaro poçta va kurerlik jönatmalari orqali olib kirişni taqiqlaş joriy etilmoqda.

Agar bojxona tölovisiz limit oşib ketganida notijorat maqsadida olib kirilgan tovarlarga quyidagi bojxona tölovlari tatbiq etiladi:

Notijorat importi uçun boj olinmaydigan limitlar oşib ketgan taqdirda:

- alkogol va tamaki mahsulotlari uçun yagona bojxona tölovi ikki baravar miqdorda (60 foiz);

- atir va ifor tarqatuvçi suvlar uçun yagona bojxona tölovi bir baravar miqdorda (30 foiz).