Turkiya fuqarosi Uzbekistan Airways'ning xizmatidan şikoyat qilib, Özbekiston Raqobat qömitasiga murojaat qildi.

Murojaatda aytilişiça, aviakompaniyaning Anqara–Toşkent reysida yölovçiga uning soğligi uçun muhim bölgan maxsus (glyutensiz) ovqat berilmagan.

Bundan taşqari, murojaatda samolyot salonining sanitariya-gigiyena holati talabga javob bermagani – yölovçi ötirgan joyda oldingi reysdan qolgan çiqindilar mavjudligi ham körsatilgan.

“Yölovçi çipta sotib oliş çoğida öz soğliği bilan boğliq vaziyatni oldindan aviakompaniya bilan kelişib olgan va aviakompaniya uşbu maxsus ovqat reysda ta’minlanişini kafolatlagan edi. Biroq, parvoz kuni bu talab bajarilmagan”, – deyiladi Raqobat qömitasi tarqatgan xabarda.

Qömita tomonidan “Uzbekistan Airways” AJga yuborilgan sörov böyiça ötkazilgan xizmat tekşiruvi natijasida yölovçi haqligi, maxsus ovqat Anqara aeroportidagi keytering xizmati tomonidan yetkazib berilmagani tasdiqlandi.

Natijada, yölovçiga yetkazilgan ma’naviy va moddiy zararni qoplaş maqsadida aviakompaniya tomonidan iste’molçining keyingi reysida xizmat körsatiş klassini biznes-klassga oşiriş töğrisidagi qaror qabul qilindi.

Şu bilan birga, samolyot salonidagi sanitariya-gigiyena holati böyiça ham mas’ul taşkilotga qöşimça nazorat çoralari örnatilişi belgilandi, deyiladi iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş organi axborotida.