Samarqand viloyati, Nurobod tumanida içki işlar organlari xodimlari hojatxonada tuğilgan va uning örasiga tuşib ketgan çaqaloqni qutqardi. Bu haqda MY5 telekanalida xabar berildi.
Lavhada aytilişiça, ona beşinçi farzandiga homilador bölganini özi payqamagan va şifokor oldiga soğliğidan şikoyat qilib borgan. Söngra hojatxonaga kirganida közi yorigan va holsizlangan holda çaqaloğini ehtiyotsizlik bilan hojatxona teşigiga tuşirib yuborgan. Bola yiğisini eşitgan şifokorlardan biri şu atrofda joylaşgan IIB bölimi profilaktika inspektorlaridan yordam söragan.
Içki işlar organlari xodimlari uni çiqarib oliş uçun hojatxona yonidan tuynuk qazigan. Çaqaloq 2 soat mobaynida örada qolib ketgan. Nihoyat, uzoq urinişlardan söng u çiqarib olgan.

















