AQŞdan Kosta-Rikaga deportatsiya qilinişi rejalaştirilgan özbekistonliklarning bir qismi Toşkentga yetib keldi, deb xabar beradi TIV matbuot kotibi.
«AQŞ tomoni bilan olib borilgan muzokaralar natijasida Kosta-Rikaga yuborilişi rejalaştirilgan, lekin vatanga qaytiş niyatida bölgan 7 nafar fuqaromiz 24 fevral kuni Nyu-York—Toşkent yönalişi böyiça Özbekistonga yetib keldi», — deb yozadi Ahror Burxonov.
Boşqa tafsilotlar keltirilmagan.
Ma’lumot uçun, AQŞda Donald Tramp boşçiligidagi respublikaçilar hokimiyatga kelgaç, migratsiya siyosati qat’iylaştirildi. Fevral oyi boşida AQŞ hukumati osiyolik muhojirlarni davlatdan tezroq çiqarib yuboriş uçun Panamaga deport qilişni boşladi. Birinçi guruhda özbekistonliklar ham borligi aytilgan.
20 fevral kuni esa AQŞ çegarasini noqonuniy kesib ötgan 200 nafar migrant (Özbekiston, Qozoğiston, Qirğiziston, Pokiston va Hindiston fuqarolari) Kosta Rikaga jönatilişi xabar qilingandi. Ular Kosta-Rikada olti haftagaça uşlab turilişi va şundan keyin vataniga jönatilişi mumkinligi aytilgandi.
Şundan söng Özbekiston tomoni öz fuqarolarini Qöşma Ştatlardan xavfsiz deportatsiya qiliş masalalari böyiça AQŞ va Lotin Amerikasi davlatlari rasmiylari bilan aloqada bölib turgani haqida xabar berilgandi. «Bizning kelişuvlarimizga asosan, Amerika tomoni deportatsiya qilinadigan fuqarolarimizning har bir holati haqida tezkorlik bilan xabardor qiladi. Örnatilgan amaliyotga köra, fuqarolarimiz vatanga Nyu York–Toşkent yönalişi orqali qaytadi», — degandi TIV vakili.







