Kun.uz’ga farzandlari Toşkent şahridagi davlat maktabgaça ta’lim taşkilotlaridan biri qatnovçi bir guruh ota-onalar murojaat qilib, boğçada qizlari bilan boğliq xunuk holat sodir bölganligini ma’lum qilişdi. Ularga köra, boğça mudirasining har kuni boğçaga kelib yuradigan, özi maktabda öqiydigan öğli bolalar uxlab yotgan xonaga kirib, qizlarini qörqitib yeçintirgan va tegajoğlik qilgan.   

Hozirda ota-onalar tomonidan holat yuzasidan içki işlar organlariga ariza berilgan.

“Mudiraning eri işni yopti-yopti qilmoqçi böldi” – qizlardan birining otasi

“Keça farzandimiz bilan boğliq salbiy bir voqea sodir böldi. Onam qizimni boğçadan olib ketayotgan paytida undan kuning qanday ötdi, deb söragan. Şunda qizim boğçada uxlab yotgan paytlarida xonaga begona erkak kirganligini, qizlarni yeçintirib, qöli bilan ularning jinsiy a’zolariga teginganini, özidan oldin ikkita qizning kiyimlarini yeçib, ularga tegajoğlik qilganligini, keyin özining ham oldiga kelib, kiyimlarini yeçganligini, qarşilik qilganligini, ammo kuçi yetmaganligini aytib bergan. Yigit mening qizimdan keyin yana bir qizga şunaqa tegajoğlik qilgan. U qizça baqirib-çaqira boşlagaç, xonadan çiqib ketgan. Bu holat bölgan paytida xonada boğça opasi bölmagan.

Bu vaziyatni eşitgaç, boğçaga kelib, hudud profilaktika inspektorini hamda prokuraturadan odam çaqirdik. Psixologlar ham keldi. Ularning aytişiga qaraganda, bu bola boğça mudirasining öğli bölgan. U maktabning yuqori sinf öquvçisi. Qandaydir bir bolaga ovqat yedirişga kirgan emiş. Hamma uxlab yotganida kimga ovqat yediradi, qanaqa böladi u, xullas aqlga siğmaydigan narsalarni gapirişyapti.

U bolaga har doim boğçaga kirib-çiqib yurgan, özlari ham bu narsani tan olişyapti. Poytaxtning markazida joylaşgan boğçada şunaqa holat bölib turgani juda afsuslanarli. Biz oilamiz bilan şok holatiga tuşib qoldik.

Içki işlar organlariga ariza yozdik, psixologlarni çaqirdik. Hozir arizamiz içki işlar organida, körib çiqilyapti. Qizlarning kiyimlarini ekspertizaga topşirdik. Psixolog ham bolalarimiz bilan gaplaşdi. Törtta qiz bölgan voqeani bir xil aytib beryapti. Psixolog mudiraning öğli bilan ham gaplaşdi. U bunaqa holat bölganini tan olmadi. Ammo psixologning “Boşqa bu işingni takrorlamaysanmi?”, degan savoliga “Yöq, takrorlamayman” deya javob bergan. Psixolog qizlar aldamayotganligini, bola ularga tegajoğlik qilgani böyiça öz xulosasini aytib ketdi.

Yana bir holat: boğçaning faqat kiriş qismida kamera qöyilgan ekan. Içki xonalarda kamera yöq. Boğçada paytimiz profilaktika inspektoriga kiriş qismidagi kamera yozuvlarini olişni, kim kirib-çiqqanligini körişimiz kerakligini, sababi ular tan olmasligi mumkinligini qayta-qayta takrorlab aytdim. Profilaktika inspektori ana qilamiz, mana qilamiz deb biroz sudradi. Va şu orada u kamera işlamaydigan bölib qoldi.