Tibbiy-maslahat komissiyalari (TMK) va tibbiy-ijtimoiy ekspertiza komissiyalari (TIEK) o‘rtasida elektron ma’lumot almashish joriy qilinadi.

AOKAda Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi rahbariyati va mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida sohada amalga oshirilgan ishlar va ustuvor vazifalar haqida ma’lumot berildi.

2021 yil 1 dekabridan boshlab, tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari nogironligi bo‘lgan shaxs ishlashi mumkin bo‘lgan kasblar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni elektron tarzda “Bandlik xizmati” axborot tizimiga yuborish tizimi joriy etilgan.

2022 yilning 1 aprelidan boshlab, o‘zgalar parvarishiga muhtoj 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolalar ro‘yxatini Pensiya jamg‘armasiga elektron tarzda o‘tkazish tizimi yo‘lga qo‘yildi.

Joriy yil 1 sentabriga qadar "Ijtimoiy xizmat" elektron platformasi to‘liq ishga tushirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu platforma orqali nogironligi bo‘lgan shaxslarga elektron tarzda tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan tibbiy xulosalar taqdim etilishi hamda agentlik tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan ta’minot bosqichlarini real vaqt rejimida kuzatib borish tizimi joriy etiladi.