Taniqli kinorejissyor Bahrom Yoqubov keça, 11 mart kuni 60 yoşida olamdan ötdi. Bu haqda kino yangiliklarini yoritib boruvçi «Kino san’ati» kanali ma'lum qildi.
Rejissyor ötgan yili «Antiqa ajraşiş» nomli filmni suratga olgan edi.
Bahrom Yoqubov ijodini 1989 yilda «Yoş yozuvçining kundaligi» nomli qisqa metrajli filmni tasvirga olişdan boşlagan. U faoliyati davomida «Sarvinoz», «Baxt uçun million», «Taşlandiq», «Yondiradi, kuydiradi», «Fotima va Zuhra», «Suğdiyona», «Jodugar», «Qoçqin», «Boyvaçça kuyov», «Majruh», «Içkuyov», «Superkelinçak», «Zirapça», «O, Maryam, Maryam» kabi köplab filmlarni suratga olgan.
Kun.uz ijodkorning oila a'zolari va yaqinlariga ta'ziya izhor qiladi.




