Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nyu-Yorkda o‘zbek maktabi ochildi
Maktab 16 Avenue O, Brooklyn NY 11204 manzilida joylashgan.
Foto: TIV axborot xizmati
Nyu-Yorkning Bruklin mavzesida (AQSh) «Ziyo Art» o‘zbek maktabi ish boshladi, uning rasmiy ochilish marosimi 2020 yil 19 sentabr kuni bo‘lib o‘tdi.
Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, tadbir O‘zbekistonning Nyu-Yorkdagi bosh konsulxonasi va «Mahalla USA» diaspora tashkiloti bilan birgalikda tashkil etildi.
Bosh konsulxona ma'lumotlariga ko‘ra, maktab 16 Avenue O, Brooklyn NY 11204 manzilida joylashgan bo‘lib, quyidagi fanlar bo‘yicha mashg‘ulotlar olib boriladi: «O‘zbek tili va adabiyoti», «Odobnoma», «Tasviriy san'at», «Shaxmat» va «Matematika».
Darslar shanba va yakshanba kunlari o‘zbek tilida O‘zbekistondan olingan maxsus o‘quv materiallaridan foydalangan holda malakali o‘qituvchilar tomonidan olib boriladi. O‘qituvchilar tanlov asosida saralab olingan.
Bosh konsulxona O‘zbekiston hukumati nomidan o‘zbek maktabi kutubxonasi fondiga kitoblar va badiiy adabiyotlarni topshirdi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
17:49 / 13.09.2025
Tramp Nyu-Yorkda Qatar bosh vaziri bilan tushlik qildi
21:33 / 28.05.2025
Tirbandlik solig‘i Nyu-York shahriga 4 oyda 216 million dollar keltirdi
21:10 / 02.04.2025
AQSh sudi Nyu-York meriga ochilgan jinoiy ishni yopdi
23:03 / 11.03.2025