Tadqiqot natijalariga köra, 1992 yilda ekranlarga çiqqan “Forrest Gamp”ga (Forrest Gump) eng köp qiziqiş bildirilgan. Uşbu film 22 davlatda eng köp qidirilgan. Rejissyor Robert Zemekis tomonidan suratga olingan filmda boş rolni maşhur aktyor Tom Henks ijro etgan. Film öz yaratuvçilariga 6 ta “Oskar” olib kelgan. Jumladan, film “Eng yaxşi film” deb tan olingan. 

2-örinni “Uyda yolğiz” (Home Alone, 1990) filmi egallagan. Uşbu film 20 davlatda eng köp izlangan. 3-örinni “Yura davri boği” (Jurassic Park, 1993) egallagan.

Tadqiqotga köra, 12 ta davlatda “Ruh” filmi (Ghost, 1990), 11 ta davlatda “Titanik” (1999) filmi eng köp qidirilgan. “Qora libosdagi odamlar” (Men in Black, 1997) filmi 8 ta davlatda, “Qirol Şer” (The Lion King, 1994) 7 ta davlatda ommaviylaşgan. Uçta davlatda “Olovuddin” (Aladdin, 1992) multfilmi va bittadan davlatda “Terminator 2: Qiyomat kuni” (Terminator 2: Judgment Day, 1991) hamda “Armageddon” (Armageddon, 1998) filmi ommalaşgan ekan.