AQShning Pensilvaniya shtati, Garrisberg shahrida 3 yoshli qizcha giroskuter portlab ketishi oqibatida olingan jarohatdan vafot etdi. Bu haqda ABC telekanalida xabar berilgan.
Telekanal ma'lumotiga ko‘ra, giroskuter quvvatlantirilayotgan vaqtda portlagan. Natijada uyda yong‘in chiqqan.
Yong‘in vaqtida 3 qizcha jarohatlangan. Ulardan biri shifoxonaga og‘ir ahvolda yetkazilgan, ammo uning jonini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan.
Yong‘inni o‘chirish vaqtida o‘t o‘chiruvchilardan biri ham jiddiy jarohatlangan.










