Manbaning politsiyachilarga asoslanib xabar berishicha, Bag‘dodning janubiy va shimoliy tumanlarida odamlar ko‘p to‘plangan, tijoriy muassasalar joylashgan ko‘chalarda portlashlar amalga oshirilgan va 5 kishi halok bo‘lib, 17 kishi jarohatlangan. Shaharning sharqiy qismida ikkita avtomobil portlatilishi oqibatida yana 2 kishi halok bo‘lib, 7 kishi jarohatlangan.
Shu vaqtda shaharning turli hududlarida otishma ro‘y bergan va natijada 6 kishi halok bo‘lgan.
Hozircha bu hodisalar uchun javobgarlikni hech bir tashkilot o‘z zimmasiga olmadi.
Bundan oldinroq, Sinxua agentligi Iroq poytaxtidagi teraktlar oqibatida 18 nafar politsiyachi halok bo‘lgani haqida xabar bergandi.











