Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Repetitorlik bozorida narxlar o‘sish sur’ati saqlanib qolmoqda
2025 yil noyabr oyida repetitorlik xizmatlari narxlari yana o‘sishda davom etdi – oylik, yil boshidan buyon va o‘tgan yilga nisbatan o‘sish ko‘rsatkichlari bir vaqtning o‘zida qayd etilgan.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yil noyabr oyida repetitorlik xizmatlari narxlari oktyabr oyiga nisbatan o‘rtacha 0,5 foizga qimmatlashgan.
Shu bilan birga:
- 2025 yil boshidan buyon ushbu turdagi xizmatlar narxi jami 5,7 foizga;
- o‘tgan yilning mos davriga nisbatan esa 6,9 foizga oshgani kuzatilgan.
Ko‘rsatkichlar xususiy ta’lim va qo‘shimcha darslar bozorida narxlar o‘sish tendensiyasi saqlanayotganini, repetitorlikka bo‘lgan talab bilan birga, xizmatlar qiymati ham oshib borayotganini anglatmoqda.
Mavzuga oid
09:15
Ta’lim xizmatlari O‘zbekistonda o‘sish sur’ati bo‘yicha yetakchi bo‘ldi
09:40 / 31.03.2026
Rossiya va Qozog‘istondan O‘zbekistonga ko‘chib kelish ko‘paymoqda
09:23 / 26.03.2026
2025 yilda eng ko‘p xonadon Namanganda foydalanishga topshirildi
09:16 / 25.03.2026