Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abituriyentlarga DTM ruxsatnomasini onlayn olish imkoniyati berildi
Foto: KUN.UZ
Davlat Test Markazi (DTM) saytida 2019/20 o‘quv yili uchun Oliy ta'lim muassasalariga (OTM) hujjat topshirgan talabalarga testga kirish ruxsatnomasini onlayn olish imkoniyati yo‘lga qo‘yildi.
Abituriyentlar https://ruxsatnoma.dtm.uz/ orqali ruxsatnomani yuklab olishi va printerda chop etishlari mumkin.
Ruxsatnomani mustaqil olish imkoniyatiga ega bo‘lmagan abituriyentlar quyidagi muassasalarga murojaat etishlari lozim:
✓ yashash joyidan qat'i nazar, ixtiyoriy tuman (shahar)dagi Davlat xizmatlari markazlari;
✓ yashash joyidan qat'i nazar, ixtiyoriy OTM qabul komissiyalari;
✓ yashash joyidan qat'i nazar, ixtiyoriy Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining tuman (shahar) bo‘limlari.
Ushbu tashkilot xodimlari abituriyentlarga ruxsatnomani bepul chop etib beradilar.
Qayd qilish joizki, DTM saytiga qilinayotgan murojaatlar soni haddan ziyod ko‘pligi bois, ruxsatnomani olishda qiyinchilik yuzaga kelishi mumkin.
Mavzuga oid
11:52 / 14.08.2025
Abituriyentlarning apellyatsiya arizalarini topshirish shartlari e’lon qilindi
12:14 / 09.08.2025
Abituriyentlar tanlagan yo‘nalishida nechanchi o‘rinda turganini bilishi mumkin
16:31 / 08.08.2025
Endi «beshtalik»dagi oliygohlarga kirolmagan abituriyentda oltinchi imkoniyat ham paydo bo‘ladi
14:21 / 07.08.2025