Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farzandingiz ta'lim olayotgan maktab faoliyatidan rozimisiz? So‘rovnoma
Foto: O‘zA
Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining Facebook'dagi sahifasida ota-onalardan umumta'lim maktablar faoliyatini yaxshilashga yo‘naltirilgan so‘rovnoma taqdim etildi.
"Hurmatli Ota-onalar va respublikamizning barcha fuqarolari! Umumta'lim maktablaridagi bugungi ahvolni yaxshilash maqsadida kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlarni belgilash va amalga oshirish borasida hukumat qarori loyihasi ustida ishlar olib borilmoqda. Ushbu hujjatning bir qismi sifatida “Ta'lim muassasalarida ota-onalarning noroziliklariga sabab bo‘layotgan salbiy holatlarni tahlil qilish” masalasi kiritilgan. Yuqoridagi masala bo‘yicha ota-onalarimizning fikrini olish maqsadida Davlat inspeksiyasi tomonidan internet orqali onlayn-so‘rov o‘tkazilmoqda. Ushbu so‘rovda faol ishtirok etib respublikamizning ta'lim tizimidagi o‘zgarishlarga o‘z hissangizni qo‘shasiz degan umiddamiz. RAHMAT!", deyiladi manbada.
So‘rovnomada "Maktab direktorining faoliyati Sizni qoniqtiradimi?", "Maktabdagi qanday holatlardan norozisiz?", "Maktabda “pul yig‘ishlar” bormi?" kabi savollar berilgan. So‘rovnoma oxirida qo‘shimcha fikr-mulohazalaringizni ham qoldirishingiz mumkin.
Mavzuga oid
14:26 / 13.10.2025
So‘rov: amerikaliklarning aksariyati RFga qarshi yangi sanksiyalarni qo‘llab-quvvatladi
12:17 / 25.09.2025
VsIOM so‘rovi: rossiyaliklar «kuchli yetakchi»ni talab qilmay qo‘ydi
13:41 / 06.09.2025
Shifokorlar uyma-uy yurib mahalla muammolari haqida so‘rovnoma to‘ldirishga majburlanyapti
10:20 / 27.08.2025