Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikalik millionlab dollar turuvchi noyob tanga topib oldi
Amerikalik numizmat millionlab dollarlar turuvchi noyob tanga egasiga aylandi. Gap 1854 yilda San-Frantsiskoda 300 donadan kamroq miqdorda zarb qilingan 5 dollarlik tanga haqida ketmoqda. Bugungi kungacha bu tangalardan faqatgina 3 dona qolgan deb hisoblanib kelingan.
Tangalardan biri Vashingtondagi Smitson institutida, yana bittasi xususiy kolleksiyada saqlanadi. Uchinchisi esa AQShdagi eng boy oilalardan biri bo‘lgan Dyuponlar oilasidan 1967 yilda o‘g‘irlab ketilgan va hanuzgacha topilmagan.

Tanganing egasi dastlab uni qalbaki deb hisoblagan. Biroq numizmatikaga oid noyob tangalar haqiqiyligini tekshiruvchi Numismatic Guaranty Corporation kompaniyasi mutaxassislari tanganing haqiqiyligini tasdiqlashgan.
Bundan tashqari, ular topilgan tanga Dyuponlardan o‘g‘irlangani emasligini suratlarga ko‘ra isbotlay olishgan. Ma'lum qilinishicha, topilgan tanganing qiymati millionlab dollarlar turadi.
Mavzuga oid
13:41 / 03.12.2025
Rossiya imperiyasi davriga oid oltin tangalarni sotishga urinish fosh etildi
20:14 / 13.11.2025
AQSh bir sentlik tangalarni zarb qilishni to‘xtatdi
11:27 / 15.09.2025
Axsikentda noyob qo‘lyozma va Abbosiylar zarb etgan tangalar topildi
14:04 / 10.06.2025