Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning 3ta shahri MDHning eng mashhur tarixiy shaharlari reytingida
TurStat tahliliy agentligi MDHning qadimgi tarixiy shaharlari reytingini tuzib chiqdi. Shunday qilib, unda sayyohlik turlari va sayyohlar orasida o‘zining boy tarixiy va madaniy merosi tufayli mashhur bo‘lgan shaharlariga aniqlik kiritildi.
Ma'lum bo‘lishicha, MDH davlatlarining sayyohlar orasidagi eng mashhur tarixiy shaharlari, asosan, Markaziy Osiyodagi Buyuk Ipak yo‘li va Kavkazortida joylashgan.
Shunday qilib, MDHning tarixiy shaharlari Top-10ligiga Turkiston (Qozog‘iston), Samarqand (O‘zbekiston), Buxoro (O‘zbekiston), Taroz (Qozog‘iston), Ganja (Ozarboyjon), Vitebsk (Belorussiya), Xiva (O‘zbekiston), Gumri (Armaniston), Xo‘jand (Tojikiston) va Marv (Turkmaniston) shaharlari kiritilgan.
Reyting turlar taklifi va mintaqaviy sayyohlik idoralari ma'lumotlarini tahlil qilish asosida tuzib chiqilgan.
O‘zbekistonning 2500 yildan ortiq tarixga ega Samarqand va Buxoro shaharllari yiliga 1 mlndan ortiq sayyohni qabul qiladi.
Xivaning YuNeSKO Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Ichan-Qal'a majmuiga 2016 yilda 75 ming sayyoh, shundan 34 ming xorijlik tashrif buyurgan.
Mavzuga oid
18:58 / 14.12.2025
O‘zbekistonda AQSh kompaniyalari bilan birgalikda farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarilishi mumkin
21:04 / 13.12.2025
Vetnam O‘zbekiston bilan strategik sheriklikni chuqurlashtirishga tayyorligini tasdiqladi
11:42 / 11.12.2025
Ekohududlarda turistik so‘qmoqlar tashkil etiladi
12:54 / 10.12.2025