Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyoning eng yirik gullar bog‘ida bahorgi mavsum ochildi
Niderlandiyaning qirollik bog‘i Kyokenxofda 23 mart kuni bahorgi mavsum ochildi. Bu haqda Niderlandiyaning turizm bo‘yicha ofisi matbuot xizmati ma'lum qildi.
Kyokenxof dunyoning eng mashhur va eng yirik gullar bog‘i hisoblanadi. Unda 7 mln dan ko‘proq gullar – lolalar, sunbullar, nargis gullar, orxideyalar, atirgullar, chinnigullar (gvozdika), gulsapsarlar, liliyalar va boshqa ko‘plab gullarni uchratish mumkin.
Joriy yilda bog‘ 68-marotaba xalqaro gullar ko‘rgazmasini o‘tkazadi. Unda 100 dan ko‘proq gul yetishtiruvchi xo‘jaliklar ishtirok etadi. Ko‘rgazmaning asosiy mavzusi gollandcha dizayn bo‘ladi. Ko‘rgazma dasturidan gullardan mozaikalar, 100 dan ko‘proq ish namoyish qilinuvchi haykallar bog‘i, Oranje Nassau pavilonida gullar shousi o‘rin olgan.
Bog‘ yilda 8 hafta ishlaydi. Bu vaqt ichida unga butun dunyodan 1 mln ga yaqin sayyoh tashrif buyuradi.
Bog‘ Amsterdam va Gaaga o‘rtasidagi Lisse shahrida joylashgan. Shuningdek, Yevropa bog‘i nomi bilan ma'lum. Bog‘ 32 gektar maydonda joylashgan. Bog‘dagi gullarning 4,5 mln ga yaqini 100 turdagi lolalardan iborat. 90 xilga yaqin daraxt o‘sadi.









Mavzuga oid
13:53 / 11.12.2025
Polshadagi NATO havo himoyasi missiyasi Niderlandiyaga topshirildi
09:09 / 08.11.2025
Rasman: Niderlandiyada liberal D66 g‘alaba qozondi
15:09 / 05.11.2025
Xitoy Nexperia bo‘yicha vaziyat sabab Niderlandiyani «xaos»da aybladi
15:23 / 04.11.2025