Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bozorlardagi oziq-ovqat mahsulotlarining narxi ma'lum qilindi
Davlat statistika qo‘mitasi 2021 yil 24 noyabr kungi hududiy markaziy dehqon bozorlarida o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini e'lon qildi.
Foto: Kun.uz
Unga ko‘ra, suyakli mol go‘shtining 1 kilogrammi narxi 45 000 - 68 000 so‘mni tashkil qildi. Shuningdek, boshqa asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxi quyidagicha:
- qo‘y go‘shti (1 kilogramm) — 52 000—80 000 so‘m;
- kartoshka (1 kilogramm) — 3000—7000 so‘m;
- piyoz (1 kilogramm) — 1000—4000 so‘m;
- sabzi (1 kilogramm) — 1000—5500 so‘m;
- tuxum (10 dona) — 7000—15 000 so‘m;
- guruch (1 kilogramm) — 5000 —17 500 so‘m;
- o‘simlik yog‘i (1 litr) — 14 000—24 000 so‘m;
- shakar (1 kilogramm) — 7800—10 500 so‘m.
Narxlarni o‘rganishda dehqon bozorlaridagi oziq-ovqat mahsulotlari inobatga olingan.
Mavzuga oid
14:18 / 02.01.2026
2025 yil yakunlari: 302 ming oila kambag‘allikdan chiqdi
12:39 / 02.01.2026
Tayyor ovqat yetkazib berish bozorida narxlar ko‘tarildi
11:03 / 02.01.2026
Ta’lim sohasida bozor xizmatlari o‘smoqda: hududlar kesimida ko‘rsatkichlar
09:34 / 02.01.2026