Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Rossiya aviakompaniyalari uchun asosiy xalqaro yo‘nalishga aylandi
Yozgi mavsumda ular O‘zbekistonga 67 ta yo‘nalish bo‘yicha parvozlarni amalga oshiradi. Bu Xitoyga qaraganda 10 ta, Turkiyaga qaraganda 12 ta ko‘p yo‘nalishdir.
Foto: RIA Novosti
Rossiyaning «Rosaviatsiya» kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilgi yozgi parvozlar jadvalida mamlakat aviakompaniyalari uchun O‘zbekiston asosiy xalqaro parvoz yo‘nalishiga aylandi.
Ma’lum qilinishicha, joriy mavsumda ular O‘zbekistonga 67 ta yo‘nalish bo‘yicha parvozlarni amalga oshiradi. Bu Xitoyga qaraganda 10 ta, Turkiyaga qaraganda 12 ta ko‘p yo‘nalishdir.
2022 yildan beri Rossiya hukumati ma’lum bir mamlakatga aviatashuvlar hajmi bo‘yicha ma’lumotlarni e’lon qilmayapti, biroq 2019 yilda O‘zbekiston Rossiya Federatsiyasiga yo‘lovchi tashish hajmi bo‘yicha atigi 9-o‘rinni egallagan. Shu vaqtda Rossiya aviakompaniyalari ikki davlat o‘rtasida 1,24 million yo‘lovchi tashigan. Bu Turkiya bilan yo‘lovchilar oqimidan 9,5 baravar, Xitoy bilan esa 2,4 baravar kam edi.
Joriy mavsumda Uzbekistan Airways bayroqdor aviatashuvchisi Rossiyaning 19 ta shahriga, O‘zbekistonning eng yirik xususiy aviatashuvchisi Centrum Air esa 13 ta shahriga parvozlarni amalga oshirmoqda. O‘zbekistonning yana bir xususiy aviakompaniyasi Qanot Sharq ham Moskva va Sankt-Peterburgga parvozlarni amalga oshirmoqda.
Qayd qilinishicha, ikki davlat o‘rtasidagi yo‘lovchi oqimining o‘sganini ikki tomonlama mehnat migratsiyasi va O‘zbekistonning ishbilarmonlik va sayyohlik safarlari uchun jozibadorligi bilan izohlash mumkin. Bundan tashqari, G‘arb davlatlari havo hududi rossiyalik aviatashuvchilar uchun yopilgan sharoitda Toshkent rossiyaliklarning AQShga parvozi uchun tranzit xablaridan biriga aylandi. Uzbekistan Airways Nyu-Yorkka transatlantik parvozlarni amalga oshiradigan Markaziy Osiyodagi yagona aviakompaniyadir.
Mavzuga oid
17:56 / 04.04.2026
Rossiyada naqdsiz to‘lovlarda ommaviy uzilish kuzatildi. Bu VPN'larni bloklashga urinish bilan bog‘lanmoqda
09:50 / 04.04.2026
Ukrainaga kuchli zarbalar: qurbonlar soni kamida o‘n kishiga yetdi
10:35 / 03.04.2026
Rossiyada jazo o‘tayotgan 3 mingdan ortiq o‘zbekistonlik qaytarilishi mumkin
09:04 / 03.04.2026