Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev huzurida neft-gaz tarmog‘idagi ishlar ko‘rib chiqildi
“O‘zbekneftgaz” tizimida tabiiy gaz qazib chiqarish dinamikasi, mavjud pasayish omillari hamda ularni qoplash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar muhokama qilindi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevga 25 mart kuni neft-gaz tarmog‘ida qazib chiqarish hajmini barqarorlashtirish va yangi zaxiralarni o‘zlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ijrosi yuzasidan hisobot berildi.
“O‘zbekneftgaz” tizimida tabiiy gaz qazib chiqarish dinamikasi, mavjud pasayish omillari hamda ularni qoplash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar haqida axborot berildi. Joriy yilning birinchi choragida yangi quduqlarni ishga tushirish, mavjudlarini ta’mirlash va texnologik tadbirlarni amalga oshirish hisobiga qo‘shimcha hajmlar ta’minlangani, yil davomida esa bu boradagi ishlar yanada kengaytirilishi rejalashtirilgani qayd etildi.
Quduqlar samaradorligini oshirish uchun zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Ta’kidlanishicha, hozir yangi 2D va 3D seysmik tadqiqotlar uchun istiqbolli maydonlar aniqlanmoqda. Burg‘ilash va dala ishlari ustidan xalqaro standartlar asosida nazoratni kuchaytirish maqsadida supervayzing tizimini yo‘lga qo‘yish, geologik-gidrodinamik modellashtirish va qazib chiqarish dasturlarini yanada puxta shakllantirish bo‘yicha choralar belgilangan.

Konlarda gaz qazib olish koeffitsiyentini oshirish, qiyin o‘zlashtiriladigan zaxiralarga yangi yondashuvlarni tatbiq etish, 2026-2027 yillarga mo‘ljallangan dasturlarning iqtisodiy samaradorligini baholash masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi. Bu borada xalqaro kompaniyalar bilan hamkorlikda tegishli ishlar olib borilayotgani qayd etildi.
Davlat rahbari tarmoqda ishlab chiqarish barqarorligini ta’minlash, mavjud quvvatlardan samarali foydalanish, geologiya-qidiruv va burg‘ilash ishlarini tizimli tashkil etish, shuningdek, xorijiy hamkorlar bilan amaliy natija beradigan sheriklikni kengaytirish muhimligini ta’kidladi.
Mutasaddilarga belgilangan rejalar ijrosini qattiq nazoratga olish va har bir yo‘nalish bo‘yicha aniq natijadorlikni ta’minlash yuzasidan topshiriqlar berildi.
Mavzuga oid
22:05 / 04.04.2026
Shavkat Mirziyoyev geologiya sohasi xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi
09:31 / 03.04.2026
FT: Fors ko‘rfazi davlatlari neft quvurlari qurmoqchi
21:18 / 02.04.2026
Istiqlolning 35 yilligi «Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!» shiori ostida nishonlanadi
18:31 / 02.04.2026