Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eronda ommaviy noroziliklar fonida internet ishlamay qoldi
Dunyoda internet erkinligi monitoringi bilan shug‘ullanuvchi NetBlocks tashkiloti Kirmonshoh shahrida Eronning TCI provayderi tarmoqlarida aloqa uzilganini ma’lum qildi.
Tehron va Eron g‘arbiy viloyatlarining bir qancha shaharlari aholisi mamlakatda davom etayotgan norozilik namoyishlari va tartibsizliklar fonida uy va mobil internetdagi uzilishlardan shikoyat qildi, deb yozdi surgundagi IranWire ommaviy axborot vositasi.
Dunyoda internet erkinligi monitoringi bilan shug‘ullanuvchi NetBlocks tashkiloti Kirmonshoh shahrida Eronning TCI provayderi tarmoqlarida aloqa uzilganini ma’lum qildi. NetBlocks, shuningdek, boshqa bir qancha hududlarda ham aloqa uzilishlarini qayd etmoqda.
«ZaTelekom» telegram-kanali muallifi Mixail Klimarev Cloudflare Radar ma’lumotlariga tayanib, Eronda e’lon qilingan IPv6 soni deyarli nolga tushgani haqida xabar berdi. «Bu blokirovkalar bilan bog‘liqligi aniq», deb hisoblaydi u. Klimarevning aniqlik kiritishicha, hozircha internetni to‘liq o‘chirish haqida gap ketmayapti: «U yerda haqiqatan ham nimadir sodir bo‘lmoqda va trafik bilan g‘alati holat kuzatilmoqda, ammo hali shatdaun yo‘q. Juda qattiq bloklashlar bor».
Eronda norozilik namoyishlari 2025 yil dekabr oyi oxiridan beri davom etmoqda. Ular mamlakatdagi iqtisodiy inqiroz fonida boshlangan, ammo oxir-oqibat oliy rahbar Ali Xomanaiyni ag‘darish va islom respublikasining butun siyosatini qayta ko‘rib chiqish talabi bilan siyosiy harakatlarga aylandi. Tartibsizliklar va xavfsizlik kuchlari bilan to‘qnashuvlar oqibatida 34 nafar namoyishchi va to‘rt nafar xavfsizlik xodimi halok bo‘lgani, ikki mingdan ortiq namoyishchi hibsga olingani aytilmoqda.
Mavzuga oid
23:13 / 02.04.2026
Erondagi eng katta ko‘prik AQSh va Isroil zarbasi oqibatida vayron bo‘ldi
21:19 / 02.04.2026
Eron hech qachon tajovuzkorlik yo‘lini tanlamagan – Pizishkiyon amerikaliklarga murojaat qildi
17:25 / 02.04.2026
Eronning neft eksportidan daromadi ikki baravar ortdi
11:08 / 02.04.2026