Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda ajrashayotgan er-xotin 29 bosh tovuqni teng bo‘lishishdi
Ajrashish chog‘ida barcha narsa o‘rtada teng bo‘linishini istagan er-xotin uchun sud ikkita yechimni taklif qilgan.
Foto: South China Morning Post
Xitoyda ajrashayotgan er-xotin 29 bosh tovuqni teng bo‘lishish uchun bitta tovuqni birga yeyishdi, deb yozadi South China Morning Post.
Xabarda aytilishicha, ular Sichuan provinsiyasidagi qishloqlardan birida yashashgan va fermerlik bilan shug‘ullanib kelishgan. Ularning 29 bosh tovug‘i, 22 bosh g‘ozi va ikki bosh o‘rdagi bo‘lgan.
Ajrashish chog‘ida barcha narsa o‘rtada teng bo‘linishini istagan er-xotin uchun sud ikkita yechimni taklif qilgan. Birinchisi – tovuqlardan biri uchun kimdir pul to‘lab o‘ziga olib qolishi yoki uni so‘yib, birgalikda yeyish. Er-xotinlar ikkinchi yo‘lni ma’qul ko‘rishgan.
Mavzuga oid
09:13 / 25.12.2025
Zelenskiy: Rossiya Xitoy sun’iy yo‘ldoshlari ma’lumotidan foydalangan bo‘lishi mumkin
19:51 / 24.12.2025
Zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalar uchun professional tutingan oila xizmati yo‘lga qo‘yiladi
15:21 / 22.12.2025
Xitoy noyabrda Rossiyadan rekord miqdorda oltin sotib oldi
18:22 / 20.12.2025