Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy ham Alyaskaga borishi mumkin - CNN
15 avgust kuni Alyaskada AQSh va Rossiya prezidentlari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Foto: AFP
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiya va AQSh yetakchilari Vladimir Putin va Donald Tramp uchrashuvi vaqtida Alyaskada bo‘lishi mumkin, lekin uchrashuvda ishtirok etmaydi. Bu haqda CNN o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.
«Oq uy vakillaridan birining ta’kidlashicha, Zelenskiy bilan bog‘liq barcha tadbirlar Tramp va Putin muzokaralaridan so‘ng o‘tkazilishi mumkin», — deyiladi xabarda.
Oq uy vakilining so‘zlariga ko‘ra, Tramp uch tomonlama uchrashuv uchun ochiq, ammo Oq uy hozircha «prezident Putin so‘ragan ikki tomonlama uchrashuvni rejalashtirmoqda»: Zelenskiy bo‘lajak sammit ishtirokchisi sifatida tilga olinmagan.
AQSh va Rossiya prezidentlari o‘rtasidagi uchrashuv 15 avgust kuni Alyaskada bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
09:26
Zelenskiy: Belarus Rossiyaga Ukraina havo mudofaasini chetlab o‘tishga yordam beryapti
09:02
Zelenskiy: 20 banddan iborat kelishuv 90 foizga tayyor
08:25
Vashington Kiyevga 15 yillik xavfsizlik kafolatlarini taklif qilmoqda
23:38 / 26.12.2025