Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Ukraina bilan “yelkama-yelka” turishga tayyorligini bildirdi
Vashington Rossiya va Ukraina muzokaralarni davom ettirishi va yakunda o‘t ochishni to‘xtatishga kelishishlariga umid qilmoqda.
Foto: Reuters
Qo‘shma Shtatlar Ukraina bilan yelkama-yelka turishda davom etadi, chunki Ukraina “o‘t ochishni to‘liq to‘xtatish”ga chaqirmoqda, dedi AQSh davlat departamenti matbuot kotibining o‘rinbosari Minon Xyuston Estoniyaning Postimees telekanali efirida.
Xyuston AQSh prezidenti ma’muriyati uchun “mintaqada uzoq muddatli, mustahkam tinchlik o‘rnatilishi” ustuvor ekanligini ta’kidladi.
“Biz Ukraina bilan yelkama-yelka turishda davom etmoqchimiz, chunki Ukraina o‘t ochishni to‘liq to‘xtatishga chaqirmoqda”, — dedi u.
Xyustonning so‘zlariga ko‘ra, Vashington Rossiya va Ukraina muzokaralarni davom ettirishi va yakunda o‘t ochishni to‘xtatishga kelishishlariga umid qilmoqda.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Kiyev va Moskva o‘t ochishni uzoq muddatga to‘xtatish borasida kelishuvga erishish zarurligini aytmoqda. Vladimir Putin esa Rossiya jangovar harakatlarni to‘xtatishga roziligini, ammo tinchlikka erishishning samarali yechimini ishlab chiqish kerakligini ta’kidlamoqda.
Mavzuga oid
03:54
Tramp Putin yolg‘onchilikda ayblangan maqolani repost qildi
23:30 / 31.12.2025
Tramp dunyodagi ehtimoliy «eng yomon» davlatni aytdi
16:09 / 31.12.2025
Zelenskiy: Donbass bo‘yicha murosa - hududga alohida maqom
09:21 / 31.12.2025