Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ko‘cha nomi va ko‘chmas mulk obekti raqami ko‘rsatkichini o‘rnatish tartibi belgilandi
Hukumat qarori bilan “Ko‘cha nomi va ko‘chmas mulk obekti raqami ko‘rsatkichini o‘rnatish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
Foto: Kun.uz / Mirzayor Erkinov
Nizom ko‘cha nomi va ko‘chmas mulk obekti raqami ko‘rsatkichlarining shakli, o‘lchamlari hamda ularni tayyorlash va o‘rnatish tartibini belgilaydi.
Ko‘rsatkichning namunaviy shakllari quyidagi toifalarga ajratiladi:
🔹 1-toifa – poliyetilentereftalat, poliyetilintereftalatglikol, polistirol yoki polikarbonat materialdan tayyorlangan, yoritish moslamali ko‘rsatkich;
🔹 2-toifa – kompozit alyuminiy materialidan tayyorlangan, nur qaytaruvchi qoplamali ko‘rsatkich;
🔹 3-toifa – kompozit alyuminiy materialidan tayyorlangan ko‘rsatkich.
Bunda, qoida tariqasida, 1-toifa ko‘rsatkichlar shahar ahamiyatidagi magistral ko‘chalar, 2-toifa ko‘rsatkichlar tuman ahamiyatidagi magistral ko‘chalar va 3-toifa ko‘rsatkichlar esa mahalliy ahamiyatga ega ko‘chalarda o‘rnatiladi.
Ko‘rsatkichda ko‘chaning nomi qisqartirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Mavzuga oid
09:29 / 24.12.2025
Toshkentda 25 dekabrdan ayrim ko‘chalarda harakat vaqtincha cheklanadi
09:21 / 23.12.2025
Ishonchli boshqaruvchilar aktivlarini baholash har chorakda amalga oshiriladi
16:23 / 18.12.2025
Chekka hududlarda notarius topish osonlashadi: suhbat asosida tayinlash joriy etiladi
17:24 / 13.12.2025