Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maktabdagi so‘nggi 6 yillik o‘rtacha baholar test sinovi baliga qo‘shilmaydigan bo‘ldi
19 iyul kuni qabul qilingan prezident farmoni bilan Vazirlar Mahkamasining «Oliy ta’lim tashkilotlariga kirish imtihonlarida abituriyentlarning ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlariga qo‘yilgan baholarini inobatga olish tartibini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori o‘z kuchini yo‘qotishi belgilandi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
2021 yilgi qarorga ko‘ra, 2023-2024 o‘quv yilidan boshlab abituriyentlarning shahodatnomalaridagi so‘nggi 6 yillik baholarining o‘rtacha ko‘rsatkichi o‘qishga kirishda inobatga olinishi va to‘plangan ballga o‘rtacha baho qo‘shib berilishi kerak edi.
Masalan, 130 ball to‘plagan abituriyentga 3, 4 yoki 5 baho uchun mos ravishda 3, 4 yoki 5 ball qo‘shilishi rejalashtirilgandi. Biroq ushbu tartibni joriy qilish 2023 yilda 2 yilga kechiktirilgan edi.
19 iyuldagi farmon bilan esa 2021 yilgi ushbu qaror batamom bekor qilinib, shahodatnomadagi baholar imtihonda inobatga olinmaydigan bo‘ldi.
Mavzuga oid
15:43 / 27.12.2025
“Davlat ta’minotidagi oila”lar uchun ijtimoiy yordam paketi joriy etiladi
15:29 / 27.12.2025
Bolalar nafaqasi va moddiy yordam to‘lash tartibi yangilandi
15:26 / 27.12.2025
Yagona milliy ijtimoiy himoya: oilalar 3 toifaga ajratiladi
10:07 / 26.12.2025