Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Interpol qidiruvida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosini AQShda qo‘lga oldi
U «ko‘p miqdorda o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish» jinoyatini sodir etgani uchun qidiruvda bo‘lgan.
Foto: INTERPOL
Interpolning O‘zbekistondagi Milliy markaziy byurosi yordami bilan qidiruvda bo‘lgan shaxs AQShda qo‘lga olindi.
Ushbu shaxs O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan «ko‘p miqdorda o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish» jinoyatini sodir etgani uchun qidiruvda bo‘lgan.
Interpol MMB tomonidan AQSh huquqni muhofaza qiluvchi organlari va AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan axborot almashinuvi va muzokaralar natijasida uning deportatsiya qilinishiga erishilgan.
Qidiruvdagi shaxs 13 iyul kuni Toshkent xalqaro aeroportiga olib kelingan va Interpol MMB xodimlariga topshirilgan. Hozirda qonunchilikka muvofiq javobgarlik masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
Mavzuga oid
19:11
Xitoy AQShning 20ta kompaniyasiga qarshi sanksiya kiritdi
15:14 / 27.12.2025
Xitoy Tayvan tufayli AQShga qarshi sanksiyalar joriy qildi
14:06 / 27.12.2025
OAV: AQSh ishchilar sinfi orasida Tramp reytingi rekord darajada tushib ketdi
10:25 / 27.12.2025