Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Qatar amiri bilan strategik sheriklik munosabatlarini muhokama qildi
Suhbat avvalida O‘zbekiston prezidenti Qatar amirining Yaqin Sharqda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash borasidagi faol sa’y-harakatlarini yuksak baholadi.
Shavkat Mirziyoyev 7 iyul kuni Qatar amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar beradi Prezident matbuot xizmati.
O‘zbekiston-Qatar strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Suhbat avvalida O‘zbekiston prezidenti Qatar amirining Yaqin Sharqda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash borasidagi faol sa’y-harakatlarini yuksak baholadi.
Keyingi paytlarda jadal tus olgan ikki tomonlama muloqot va almashinuvlar samarali bo‘layotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.
O‘zaro tovar ayirboshlash va investitsiya ko‘rsatkichlari faol o‘smoqda, sanoat kooperatsiya va infratuzilmani modernizatsiya qilish bo‘yicha yirik loyihalar texnik jihatdan tayyorlanmoqda va amalga oshirilmoqda.
«Shu ma’noda, bo‘lajak yuqori darajadagi tadbirlar, shu jumladan tashqi ishlar vazirlari raisligidagi Muvofiqlashtiruvchi kengashning birinchi uchrashuvi, Hukumatlararo komissiya, Ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishlari va biznes forumi natijador bo‘lishiga muhim e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi», — deyiladi xabarda.
Shuningdek, O‘zbekiston va Qatar yetakchilari oliy darajadagi tadbirlar rejasini ham ko‘rib chiqdi.
Mavzuga oid
23:03 / 27.11.2025
Portugaliya o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘alaba qozondi
19:26 / 18.11.2025
O‘zbekiston o‘smirlari Italiyaga yutqazib, jahon chempionatini tark etdi
22:43 / 08.11.2025
O‘zbekiston o‘smirlari jahon chempionatida Irlandiyaga yutqazdi
20:12 / 05.11.2025