Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zini o‘zi band qilgan taksichilar uchun soliqni agregatorlar to‘laydi
Onlayn taksi agregatorlari orqali 430 mingdan ortiq haydovchi aholiga yo‘nalishsiz taksi xizmati ko‘rsatmoqda.
Foto: Kun.uz
2025 yil 2 iyulidan boshlab, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning yillik daromadi 100 mln so‘mdan oshganda, ular to‘lashi lozim bo‘lgan soliqlar davlat soliq organlarining xabarnomasi asosida yuridik shaxslar (soliq agenti) – ya’ni agregatorlar tomonidan to‘lov manbaida ushlab qolinadi.
Davlat soliq xizmati xabariga ko‘ra, bugungi kunda o‘zini o‘zi band qilgan 776,7 ming jismoniy shaxs yengil avtotransport vositasida yo‘lovchilarni tashish hamda buyurtma asosida tovarlarni yetkazib berish yo‘nalishida ro‘yxatdan o‘tib faoliyat yuritmoqda.
1 iyul holatiga mijozlarni izlash bo‘yicha interaktiv xizmatlarni ko‘rsatuvchi 208 ta yuridik shaxs – onlayn taksi agregatori soliq organlarining axborot tizimlari bilan to‘liq integratsiyalashgan. Ular orqali 430 mingdan ortiq haydovchi aholiga yo‘nalishsiz taksi xizmati ko‘rsatmoqda. Ushbu agregatorlar tomonidan davlatga 89,6 mlrd so‘m soliq to‘langan.
Shu bilan birga, ma’lum qilinishicha, joriy yil davomida o‘zini o‘zi band qilgan 189 shaxsning yillik daromadi 100 mln so‘mdan oshgan.
Mavzuga oid
19:11 / 16.12.2025
Yandex Go haydovchilarining boykotga chorlovlari muvaffaqiyatsiz bo‘ldi
15:27 / 16.12.2025
Milliy statistika: taksi yo‘l haqi qimmatlashuvi davom etmoqda
18:29 / 26.11.2025
YaTT va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun soliq to‘lash tartibi o‘zgaradi
11:27 / 10.11.2025