Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev OTP Group Boshqaruvi raisi Shandor Chani bilan uchrashdi
Kuni kecha prezident Shavkat Mirziyoyev OTP Group Boshqaruvi raisi Shandor Chani bilan uchrashdi. Ushbu muloqot O‘zbekiston–Vengriya munosabatlarida muhim voqelik sifatida qayd etildi va ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Uchrashuv Vengriya ishbilarmon doiralari, yirik kompaniya va boshqa nufuzli korporatsiyalar rahbarlari ishtirokida o‘tdi.
Prezidentimiz o‘z nutqida, Vengriya investitsiyalarining O‘zbekiston iqtisodiyotiga kirib kelishi jadal sur’atlarda davom etayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi. Xususan, “OTP Bank” tomonidan “Ipoteka Bank”ning sotib olinishi – mamlakat moliya bozoriga bo‘lgan ishonchning yorqin namunasi sifatida e’tirof etildi.
O‘z navbatida, Shandor Chani shunday dedi:
“Biz O‘zbekistonda uzoq muddatli va barqaror sheriklikni rivojlantirishga katta qiziqish bildiramiz. Mamlakatdagi biznes muhiti va islohotlar etarlicha shaffof va ishonchli. Bu yerdagi imkoniyatlar, ayniqsa bank, sanoat va infratuzilma sohalarida, juda katta. Biz nafaqat moliyaviy xizmatlar, balki kichik va o‘rta biznesni moliyalashtirish, soha innovatsiyasini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ham faol ishtirok etishni rejalashtiryapmiz”.
Prezidentimiz tomonidan avtokreditlashni rivojlantirish, qo‘shma moliyalashtirish dasturlarini amalga oshirish, yirik parrandachilik klasterini qurish bo‘yicha loyihalarga keng imkoniyatlar yaratilishi alohida ta’kidlandi.
Shavkat Mirziyoyev quyidagilarni ta’kidladi:
“Biz mamlakatlarimiz ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi mustahkam aloqalarni rivojlantirish uchun barcha sharoitlarni yaratamiz. Yangi imkoniyatlar va istiqbolli loyihalarga asoslangan sheriklik bizni kelajakda yanada yaqinlashtiradi.”
Tadbir yakunida ustuvor investisiyaviy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlar va hamkorlik memorandumlari almashinuv marosimi bilan yakunlandi.
Mavzuga oid
18:54 / 08.09.2025
«Yangi avlod» maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘i tashkil etiladi
13:16 / 06.09.2025
Fuqarolardan 30 turdagi hujjatlarni talab etish bekor qilinadi
22:12 / 05.09.2025
Qonunchilikni sodda tilda sharhlovchi Adliya TV internet sahifasi ishga tushiriladi
19:34 / 05.09.2025