Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy humanoid roboti kung-fu ustasiga aylanmoqda
Unitree kompaniyasi G1 raqamli humanoid robotini ko‘rsatdi. U ideal muvozanatni saqlab, zarba berish, burilish va sakrash qobiliyatlariga ega.
Foto: Unitree Robotics
Xitoy roboti murakkab harakatlarni bajarishni o‘rganib oldi, endi u kung-fu usullarini o‘zlashtirmoqda. Robot takomillashtirilgan algoritm tufayli yangi harakatlarni bajara oladi. Dastlab u virtual muhitda mashq qiladi, bu yerda videoyozuvlar va maxsus texnologiyalar yordamida insonning xatti-harakatlarini o‘rganadi. So‘ngra o‘zlashtirilgan ko‘nikmalar haqiqiy qurilmaga o‘tkaziladi, bu esa unga murakkab harakatlarni yuqori aniqlik bilan bajarish imkonini beradi.
Kompaniya tomonidan e’lon qilingan videoda G1 qoyilmaqom epchillikni namoyish etgan. U nafaqat raqsga tushib, akrobatik harakatlarni bajaradi, balki jang san’atlariga xos aniq zarbalarni ham ko‘rsatadi.
Olimlar mashinaviy o‘rganish, biomimika va robototexnikani o‘z ichiga olgan texnologiyalar kombinatsiyasidan foydalanmoqda. Ular inson harakatlarini sensorlar yordamida tahlil qilib, inson biomexanikasiga taqlid qiladigan modellarni yaratyapti. Bundan tashqari, tadqiqotchilar robotlarga tajribadan o‘rganish va rivojlanishga yordam beradigan sun’iy intellekt algoritmlarini birlashtirmoqda.
Unitree turli sharoitlarda, jumladan ishlab chiqarish, tibbiyot va uy-ro‘zg‘or sohasida ishlatishga mo‘ljallangan robotlarni yaratmoqda. Kompaniya bunday qurilmalar odamlarning yordamchisiga aylanib, kundalik va murakkab vazifalarni bajarishiga ishonch bildirmoqda.
G1 ni o‘qitishda qo‘llangan Sim2Real texnologiyasi humanoidga dastlab raqamli muhitda harakatlarni o‘zlashtirish, so‘ngra ularni real hayotga ko‘chirish imkonini beradi. Bunday usul o‘quv jarayonini xavfsiz va samarali qiladi. Bundan tashqari, kompaniya o‘zining ma’lumotlar bazasini ochib qo‘ydi, bu boshqa tadqiqotchilarga o‘z ishlanmalarini takomillashtirishga yordam beradi.
H1 va H1-2 kabi takomillashgan robot modellari yanada kattaroq imkoniyatlarga ega. 2024 yilda H1 modeli soatiga 11,88 kilometr tezlikka erishib, Ginnes rekordini o‘rnatgandi. G1 esa ixchamligi va arzonligi bilan ajralib turadi, shu sababli u robototexnika sohasidagi yangi yechimlarni sinab ko‘rish uchun qulay hisoblanadi. Unitree texnologiyalarni rivojlantirish va robotlar harakatini yanada tabiiylashtirishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Xitoy Yangi yil bayramida Unitree kompaniyasining robotlari raqsga tushgandi. Festivalda 16 ta humanoid robot odamlar bilan birga an’anaviy Yange raqsini mohirona ijro etib, tomoshabinlarni hayratda qoldirgan.
Mavzuga oid
07:42 / 02.10.2025
Mashinistning chorak asr oralig‘ida olingan surati Xitoy temiryo‘llaridagi o‘zgarishni ko‘rsatdi
22:45 / 29.09.2025
Xitoyda dunyodagi eng baland ko‘prik ochildi
19:20 / 27.09.2025
Xitoy raqamli yuanni xalqaro maydonga olib chiqmoqda – bu orqali dollarga qaramlikni kamaytirmoqchi
16:49 / 25.09.2025