Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahridagi bozorlarda patta narxlari oshirildi
Sotiladigan mahsulot turiga qarab poytaxt bozorlaridagi kunlik yig‘im narxi 10 foizdan 30 foizgacha qimmatlaydi.
Foto: Kun.uz
Toshkent shahridagi bozorlar va savdo komplekslarida bir martalik yig‘imlar (patta) miqdori oshiriladi. Poytaxt hokimining 2025 yil 14 fevraldagi qarori bilan undiriladigan bozor yig‘imining yangi miqdori tasdiqlandi.
Narxlar oshishi sabzavot mahsulotlari hamda non va non mahsulotlari uchun 10 foiz, uy buyumlari, kiyim-kechaklar va uy parrandalari kabi yo‘nalishlarda 17-20 foiz, sitrus, tropik va quruq mevalar, konserva, salqin ichimliklar, gullar, avtomobillar uchun ehtiyot qismlar kabi yo‘nalishlarda 21-25 foiz, asal mahsulotlari kabi yo‘nalishlarda 26-29 foiz oralig‘ida bo‘ladi.
Hokimlik narxlar qimmatlashishini xarajatlar ko‘paygani bilan izohlagan.
“Toshkent shahridagi 19 ta bozor va savdo komplekslarining jami xarajatlari 2022 yilda 256,3 mlrd so‘mni, 2023 yilda 296 mlrd so‘mni, 2024 yilda 314,1 mlrd so‘mni tashkil etgan bo‘lib, 2025 yilda soliq, kommunal to‘lovlar, ish haqi oshishi hamda ta’mirlash va qurish ishlarini inobatga olib 383,5 mlrd so‘m (2024 yilga nisbatan 22 foizga ko‘p) reja qilindi”, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
12:24 / 19.11.2025
Bozorlarda tijoriy syomka pulli bo‘lgani oddiy vizitorlarga taalluqli emas - hokimlik
09:33 / 19.11.2025
Toshkent bozorlarida tijoriy maqsadda video olish pulli bo‘ldi
15:14 / 14.11.2025
Rossiyada xorijiy kompaniyalar o‘z brendiga bo‘lgan huquqlarni yo‘qota boshladi
16:50 / 15.09.2025