Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Germaniya migratsiya va mobillik bo‘yicha hukumatlararo bitim imzolaydi
Senatda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida migratsiya va mobillik bo‘yicha hukumatlararo bitimning ahamiyati qayd etildi.
Foto: "Dunyo" AA
Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev Germaniya Mehnat va ijtimoiy masalalar vazirligi parlament davlat kotibi Anette Kramme bilan uchrashdi.
Parlament yuqori palatasi ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikka oid keng ko‘lamli masalalar, jumladan, siyosiy, savdo-iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada mustahkamlash va parlamentlararo aloqalarni rivojlantirishga doir masalalar muhokama qilindi.
Muloqot davomida ikki mamlakat o‘rtasida migratsiya va mobillik bo‘yicha hukumatlararo bitimning ahamiyati muhokama qilindi. Tovarlarni barqaror yetkazib berish zanjirini yo‘lga qo‘yishga e’tibor qaratildi. Mehnat va bandlik sohasida hamkorlik yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishga kelishib olindi.
Mavzuga oid
18:50 / 13.12.2025
Rossiyada qiyin ahvolga tushgan o‘zbekistonliklarga bepul yotoq beriladi
12:47 / 13.12.2025
Malayziyaga safar qilayotgan o‘zbekistonliklar uchun muhim talablar ma’lum qilindi
23:24 / 12.12.2025
Qozog‘iston eshiklari markaziy osiyolik migrantlar uchun «ochilishi» mumkin
19:48 / 11.12.2025