Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Telegram o‘z ichki valutasini joriy qildi
Telegram Stars deb nomlangan raqamli valutani elektron kitoblar va onlayn kurslardan tortib to o‘yinlardagi mahsulotlargacha har qanday raqamli tovarlarga sarflash mumkin.
Foto: Telegram
Telegram asoschisi Pavel Durov messenjerda ichki valuta ishga tushirilganini e’lon qildi. U Telegram Stars deb nomlanadi va undan botlar va mini-ilovalarda raqamli xizmatlarga haq to‘lash uchun foydalanish mumkin.
Kompaniya blogida xabar qilinganidek, «yulduzlar» Apple va Google marketlarida ilova ichidagi xaridlar tizimi orqali yoki PremiumBot yordamida xarid qilinadi. Uni Telegram platformasidagi elektron kitoblar va onlayn kurslardan tortib to o‘yinlardagi mahsulotlargacha har qanday raqamli tovarlarga sarflash mumkin.
Mini-ilova ishlab chiquvchilari to‘plangan «yulduzlarni» keyinchalik Fragment platformasi orqali Toncoin kriptovalutasida chiqarib olishi mumkin bo‘ladi. Shuningdek, Telegram ilovalarini yanada targ‘ib qilish uchun ichki valutadan foydalanish mumkin.
Mavzuga oid
10:01 / 12.12.2025
Axborot va raqamli texnologiyalar sohasida davlat nazorati tizimi yangilanadi
19:17 / 07.12.2025
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari 61 mlrd dollardan oshdi
14:44 / 06.12.2025
2027 yilgacha raqamli texnologiyalar sohasida 200 mingta yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilmoqda
22:15 / 04.12.2025