10:44 / 30.04.2024
13122

Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi

Poytaxt markazidagi Istiqbol ko‘chasida asfalt o‘pirilib tushdi. Hodisaga issiqlik quvurida avariyaviy holat yuz bergani sabab ekani aytilyapti.

Foto: Mirobod tumani hokimligi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi Istiqbol ko‘chasida asfalt o‘pirilib tushgani haqida ma’lumot tarqaldi

Xabarlarga ilova qilingan fotosuratlarda avtomobil yo‘li o‘rtasida katta chuqurlik paydo bo‘lganini ko‘rish mumkin.

Mirobod tumani hokimligi holat yuzasidan izoh taqdim etdi.

Bildirilishicha, ayni vaqtda hokimlikning mutasaddi rahbarlari voqea joyiga yetib borgan.

Qayd etilishicha, chuqur atrofi o‘rab olingan. Muammoni bartaraf etish choralari ko‘rilayotganligi ma’lum qilindi.

Mavzuga oid
Top