Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzax viloyatida ichimlik va oqova suv narxi oshirildi
Mahalliy kenga qarori bilan Jizzax viloyatda ichimlik va oqova suvning yangi narxlari belgilandi. Yangi tariflar 2024 yil 1 mart kunidan amal qiladi.
Jizzax viloyatida ichimlik va oqova suv narxlari o‘zgardi. Bu haqda xalq deputatlari viloyat kengashining qarori qabul qilingan.
Hujjatga ko‘ra, viloyatda 1 metr kub ichimlik suvi aholiga 4000 so‘m (amaldagi narx 2500 so‘m), budjet tashkilotlari, shuningdek, ulgurji iste’molchilar uchun 6000 so‘m (amaldagi narx 3500 so‘m) qilib belgilangan.
Oqava suv narxlari esa quyidagicha o‘zgarmoqda: 1 metr kub oqova suv aholiga 1700 so‘m (amaldagi narx 1000 so‘m), budjet tashkilotlari, shuningdek, ulgurji iste’molchilar uchun 2500 so‘m (amaldagi narx 1500 so‘m).
Yangi tariflar 2024 yilning 1 mart kunidan amal qiladi.
“O‘zsuvta’minot” AJning ma’lum qilishicha, o‘tgan besh yilda Jizzax viloyatida markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanish darajasi 47,6 foizdan 70,4 foizga, kanalizatsiya qamrovi 15 foizdan 21,1 foizga yetkazilgan. Kelgusi besh yilda viloyatda markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanish darajasini 90 foizga, kanalizatsiya qamrovini 71,2 foizga yetkazish rejalashtirilgan. Buning uchun 402,1 mlrd so‘m evaziga 878,3 km ichimlik suvi va 461 km kanalizatsiya tarmog‘i, shuningdek, 167 ta suv va 30 ta kanalizatsiya inshooti barpo etilishi belgilangan.
Oldinroq Toshkent viloyatida ichimlik va oqova suv narxi oshirilgandi.
Mavzuga oid
15:55 / 02.12.2025
Ulug‘bek Mustafoyev Jizzax viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi
15:20 / 02.12.2025
Prezident Jizzaxda yangi tibbiyot klasterining dastlabki bosqichi bilan tanishdi
11:04 / 02.12.2025
Shavkat Mirziyoyev “Afrosiyob” poyezdida Jizzax viloyatiga yo‘l oldi
21:36 / 25.11.2025