Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jiu-jitsu bo‘yicha jahon chempioni Qozog‘iston prezidentini qo‘riqlaydi
Yakkakurashlarning jiu-jitsu turi bo‘yicha professionallar o‘rtasida jahon chempioni Qozog‘iston prezidenti qo‘riqlash xizmati rahbari etib tayinlandi.
Foto: Oqo‘rda
Roman Torexanov Qozog‘iston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati rahbari o‘rinbosari va Qozog‘iston prezidenti qo‘riqlash xizmati rahbari etib tayinlandi.
Oqo‘rda xabariga ko‘ra, tegishli farmoyish prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev tomonidan imzolangan.
Roman Torexanov yakkakurashlarning jiu-jitsu turi bo‘yicha professionallar o‘rtasida 94 kg toifasida, shuningdek, mutlaq vazn toifasida jahon chempioni hisoblanadi.
Mavzuga oid
12:13 / 28.12.2025
Aqto‘bedagi halokatlar: sabablar nima?
23:27 / 27.12.2025
Qozog‘iston tog‘larida uch kishining jasadi topildi
12:53 / 27.12.2025
Rossiya va Qozog‘iston yangi raketa-tashuvchining parvozini keyinroqqa surdi
21:36 / 25.12.2025