Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
ChatGPT o‘zbek tilini o‘rganmoqda: We Digitalʼdan Uzbek Expert bilan
2023 yilning noyabr oyida We Digital agentligi marketing va kreativ sohasida vazifalarni samarali bajarish uchun sun’iy idrokni (SI) audio-, videokontent va matnlarga integratsiya qiluvchi SI laboratoriyasini ishga tushirdi.
Matnlarni tuzish, savollarga javob berish va tabiiy suhbatni imitatsiya qila oladigan ilg‘or sun’iy idrok texnologiyasi ChatGPT bazasida ishlab chiqilgan Uzbek Expert chat-boti ushbu laboratoriyaning loyihalaridan biri bo‘ldi.
Uzbek Expert o‘zbek tili bilan ishlaydigan kontent-kreatorlar uchun mo‘ljallangan. U tarjima va kontekstni tushunish bilan bog‘liq muammolarga yechim topadi, ayniqsa Google va Yandex kabi onlayn tarjimonlar tarjimada qiyinchilikka duch kelsa. Ushbu bot PDF-fayllarni o‘qiy oladi hamda o‘zbek tilida keng lug‘at bazasiga ega bo‘lib, o‘zbekcha-ruscha va o‘zbekcha-inglizcha lug‘atlardan foydalanish imkoniyatiga ega. Bu botga kontekst va grammatikani yaxshiroq tushunish imkoniyatini beradi, o‘zbek tilidagi OAV yangiliklaridan foydalanish imkoniyati esa dolzarb kun tartibini inobatga olishda qo‘l keladi.
“Ushbu chat-bot yordamida biz kopirayterlar va kontent-kreatorlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqdamiz. U o‘zbek tili bilan ishlashni yengillashtiradi va kontekstni yanada aniqroq tushunish evaziga material sifatini oshiradi”, — deydi We Digital boshqaruvchi hamkori Denis Roman.
SI laboratoriyasi bo‘lim boshlig‘i Hikmatilla Ubaydullayev chat-bot yaratilishi ortida katta mehnat va ko‘plab tajribalar turganini ta’kidlaydi. “Uzbek Expert jurnalistlar va kopirayterlarning kundalik faoliyatida samarali yordam bera olishidan faxrlanamiz”.
Uzbek Expert chat-botidan har bir xohlovchi foydalanishi mumkin, faqatgina ChatGPT-4 versiyasiga obuna talab etiladi xolos.
Mavzuga oid
21:03 / 04.12.2025
ChatGPT ichida reklama paydo bo‘ldi, hatto premium obunachilar ham uni ko‘ryapti
22:05 / 28.11.2025
ChatGPT odamlarning ma’lumot izlash usulini o‘zgartirdi
13:15 / 08.11.2025
Qozog‘istonlik o‘qituvchilar ChatGPT’dan bepul foydalanishadi
21:07 / 01.11.2025